Ibragimovich Mourinyo va Gvardiola haqida gapirdi

Mirjalol Normatov
20 okt 2019, 15:29
"Los-Anjeles Gelaksi" hujumchisi Zlatan Ibragimovich o'zining sobiq murabbiylari Pep Gvardiola va Joze Mourinyo o'rtasidagi farqni aytdi.

"Gvardiola buyuk murabbiylardan biri. Ammo odam sifatida uni unchalik yoqtirmayman. Tilimga kelgan so'zlarni esa aytishga botinolmayman. Bir kuni u o'yindan keyin mening kiyinish xonasiga kirishimni kutayotgan ekan. Televidenieda u yoqimtoy yigit bo'lib ko'rinadi. Ammo futbolchilar bilan yuzma-yuz gaplashganida doim tutilib, gaplarini esidan chiqarib qo'yadi.

Mourinyo esa hali ham "Special One". U mening faoliyatimdagi muhim insonlardan biri bo'lib qoladi. Men uni yana murabbiylikka qaytib, oldingi erishgan natijalarini takrorlay olishiga ishonaman", - dedi Ibragimovich.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express