Ibragimovich mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradi

Alisher
12 may 2021, 09:12
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich Italiya chempionati 35-tur doirasidagi "Yuventus"ga qarshi o'yinda jarohat olgan edi.

Shvetsiyalik forvard joriy mavsumda ortiq o'ynamaydi va "Torino", "Kalyari" va "Atalanta"ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi.

39 yoshli shved A Seriya doirasidagi 19ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol urishga erishdi.

U yaqinda Milan klubi bilan tuzgan shartnomasini 2022 yilning iyuniga qadar uzaytirgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport