Ibragimovich evrokuboklarda ettita klub safida gol urgan uchinchi futbolchiga aylandi

Aslanov Jasurbek
1 okt 2016, 11:47
"Manchester Yunayted" hujumchisi Zlatan Ibragimovich "Zarya"ga qarshi Yevropa ligasi guruh bosqichi 2-tur o'yinidagi yagona golga mualliflik qildi.

Shved UEFA turnirlarida ettita klub safida gol urgan uchinchi futbolchiga aylandi. Avvalroq bunday muvaffaqiyatga ruminiyalik Adrianu Mutu hamda norvegiyalik Jon Karyu erishgandi.

Ibragimovich evrokuboklarda "Ayaks", "Yuventus", "Inter", "Milan", "Barselona" va PSJ klublarida ham gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com