IBA rahbari Kremlyov Smolovning janjali haqida: "Futbolchilarning intizomi bilan bokschilar shug'ullanishi kerak"

Aslanov Jasurbek
8 iyul 2025, 00:45
Umar Kremlyov va Dmitriy Tarasov Fedor Smolovni boks mashg'ulotlariga taklif qildi.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda "Krasnodar" va Rossiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Fyodor Smolov ishtirokidagi janjal videosi tarqala boshladi. 2018 yilda xuddi shu joyda Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchilari Aleksandr Kokorin va Pavel Mamaev janjal uyushtirgan edi.


Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) rahbari Umar Kremlyov Instagram storisida Dmitriy Tarasov ishtirokidagi, sport zalida yozilgan videoni joylashtirdi. Videoda Kremlyov va "Lokomotiv"ning sobiq yarim himoyachisi voqeani muhokama qilib, Smolovga yuzlanishdi.


Kremlyov: Umuman, so'nggi paytda futbolchilar biroz xato qilyapti.


Tarasov: Ha, shunday bo'lyapti.


Fedya, agar biror narsa xohlasang, mashg'ulotga bor, nima bo'lsa ham.


Kremlyov: Menimcha, futbolchilarning intizomi bilan bokschilar shug'ullanishi kerak. Bu aniq.


Tarasov: Men roziman, qo'llab-quvvatlayman.


Kremlyov: Kuchni qayerda ishlatish kerak? Mana, yaxshi ring bor, u yerda mumkin. To'g'rimi?


Tarasov: Lekin u o'z xatosini tushundi shekilli.


Kremlyov: Odamlar xatosini tushunsa, bu yaxshi. Barakalla.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: instagram.com/stories/umar_kremlev/