Husniddin Aliqulov jamoasi o'yin oxirida gol urib, 1 ochko oldi. Bahs yakunlanganidan so'ng hakam kaltaklandi

Aslanov Jasurbek
12 dek 2023, 00:19
Turkiya Superligasining 15-turidan o'rin olgan "Ankaraguju" hamda "Rizespor" o'rtasidagi bahs yakuniga etdi.

Mehmonlar vakili bo'lgan Husniddin Aliqulov uchrashuvda to'liq ishtirok etdi.


"Ankaraguju" - "Rizespor" 1:1

Gollar: Morucan 14 - Gaych 90.

"Rizespor": Akkan, Emirxan Topchu, ALIQULOV, Shahin, Nilsen, Zekiri (Gaych 59), Pala (Pehlivan 81), Sauer (Keser 70), Varesanovich, Shelvi, Minchev.

Chetlatishlar: Ali Sou 51 - Topchu 90.


Bahs yakunlanishi bilan hakamlikdan norozi bo'lgan mezbon jamoa vakillari bosh hakamga tashlanishdi va uni kaltaklashdi. VIDEO TELEGRAM KANALIMIZDA.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia