Husanovni olayotgan "Manchester Siti" yozda 3 nafar asosiy futbolchisi bilan xayrlashmoqchi, ular orasida markaziy himoyachi ham bor

Tolibjon Qosimov
10 yanv 2025, 13:57
Shu kunlarda Abduqodir Husanovning "Manchester Siti"ga o'tishi haqida gap-so'zlar avjiga chiqdi.

Biroz avval yozda "Manchester Siti" 3 nafar asosiy futbolchisi bilan xayrlashishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Bular: Ederson (darvozabon), Kayl Uoker (o'ng qanot himoyachisi) va Jon Stounz (markaziy himoyachi). "Shaharliklar" Husanovning kelishi jiddiy tayyorlanishmoqda.

Avvalroq Pep Gvardiola Abduqodir Husanov transferiga rozilik bildirgan edi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: x.com/tbrfootball