Holand "Sevilya"ga qarshi o'ynamaydi

Sherzod Nurmatov
2 noya 2022, 10:19
Norvegiyalik futbolchi jarohat olgan.

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Holand Chempionlar Ligasi 6-turi doirasida "Sevilya"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi. Bu haqda "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola aytib o'tdi.

"Holand shanba va yakshanba kunlariga qaraganda o'zini yaxshi his qilmoqda. Ammo u 100% tayyor emas. Biz tavakkal qilishni xohlamaymiz – bu hech qanday manoga ega emas. Umid qilamanki, u "Fulxem" bilan o'yinga qaytadi", – dedi mutaxassis.

"Manchester Siti" – "Sevilya" uchrashuvi bugun, "Fulxem" bilan bahs esa shanba kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: mancity.com