Hokim Kubogi. Akmal Xolmatov gol urgan o'yinda "Rash-Milk" g'alaba qozondi

Narzulla Saydullayev
1 fev 2019
Farg'ona viloyati “Hokim kubogi-2019” musobaqasi “D” guruhi 1-turi doirasida “Rash-Milk” (Shahrixon) va “Do'stlik” (Marg'ilon) jamoalari to'qnash kelishdi.

Bugun Yozyovon tumanidagi “Markaziy” stadionda Farg'ona viloyati “Hokim kubogi-2019” musobaqasi “D” guruhi 1-turi doirasida “Rash-Milk” (Shahrixon) va “Do'stlik” (Marg'ilon) jamoalari to'qnash kelishdi. Uchrashuvning birinchi bo'limida har ikki jamoa a'zolarida gol urish uchun qulay imkoniyatlar yuzaga kelgan bo'lsada, hisob ochilmadi. Birinchi bo'limda “Rash-Milk” jamoasi a'zolari penaltini golga aylantira olishmadi.




Ikkinchi bo'limda “Rash-Milk” jamosi a'zolari raqib darvozasiga ikkita gol urshning uddasidan chiqdilar. Dastlab tajribali futbolchi Akmal Xolmatov uzoq masofadan zarba yo'llab hisobni ochgan bo'lsa, keyinroq zahiradan o'yinga qo'shilgan Muxammadjon Xusanov “Do'stlik” darvozasiga ikkinchi golni kiritdi.

Uchrashuv shu tariqa “Rash-Milk” jamoasining 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.  

 


Farg'ona viloyati “Hokim kubogi-2019”. “D” guruhi.
1-tur.
“Rash-Milk” - “Do'stlik” – 2:0 (0:0)  
Hakamlar:
Sanjar Rahmonov, Doston Mirzarahimov, Davron Mamatov.
Nazoratchi – A.O'rinov.
Gollar: Akmal Xolmatov (1:0), Muxammadjon Xusanov (2:0)
“Rash-Milk”: Barakatulloh Isroilov, Muxammadali Tursunov, Asrorbek Raxmonov, Abdurasul Komilov, Xabibullo Kabulov, Farrux Bekmurodov, Asliddin Abdumuxtorov, Ozodbek Qahhorov, Akmal Xolmatov, Komil Nizomov, Said Muxammadikov.
Zaxira: Quddus G'ulomov, Suxrob No'monov, Ahror O'ktamov, Bobur Mamajonov, Samandar Abduraximov, Muxammad Xusanov, Muxammad Ubaydullaev  
"Do'stlik":  Oyatillo Qoraboev, Akromxon Fozilxonov, Fayzullo Mamajonv, Bekzod Mirzomaxmudov, Amoriddin Saidov, Oyatillo Saidjalolov, Baxtiyor Mirzaahmedov, Toxir Karimov, Baxodir Qodirov, Asilbek Muxammadjonov, Mo'minbek Mamurjonov.  
Zaxira: Abdulaziz Xakimov, Aliakbar O'rinov, Saidafzalxon Axrorov, Muxammadyusuf Muxammadjonov, Nazirjon Sharofiddinov, Ro'zimuhammad Muxtorov, Abdullo Maxpurjonov.


Bekzod Tolibov tayyorladi


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia