Himoyada hech qanday muammo bo'lmaydi. "Real"ning 4 nafar himoyachisi KJCHda ishtirok etishi mumkin

Sherzod Nurmatov
20 may 2025, 14:59
"Real"ning 4 nafar himoyachisi yozda bo'lib o'tadigan Klublar o'rtasidagi JCHda ishtirok etishi mumkin bo'ladi.

Daniel Karvaxal va Eder Militao xochsimon bog'lamidagi uzilishdan so'ng deyarli butunlay tuzalib ketdi va KJCH uchun qaydnomaga kiritiladi. Har ikki himoyachi ham o'tgan yilning kuzida jarohat olgandi: Karvaxal oktyabrda, Militao esa noyabrda. Shuningdek, Antonio Ryudiger va David Alaba ham tayyor bo'lishi kutilmoqda.

Klub akademiyasining ikki himoyachisi – 20 yoshli Ramon Xakobo va 17 yoshli Xuan Martines ham qaydnomadan joy oladi. Mudofaani mustahkamlovchi yana bir o'yinchi "Bornmut"dan Din Xyoysen bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Real Madrid Confidencial