

"Jangovor o'yin bo'ldi. Uchrashuv bitta golgacha davom etishini taxmin qilgandim. Shukur, bizning omadimiz keldi va gol urib g'alabaga erishdik.
"Navbahor" o'z uyida bosim ostida o'ynashini bilardik. Raqibni yaxshilab o'rganib chiqdik. Namanganda barchaga qiyin bo'ladi, o'tgan safar "Nasaf" ham bu yerda yuta olmadi. Agar biz hayajonlanganimizda yutqazib qo'yardik. Yigitlarning barchasi harakat qildi, xatto zaxirada o'tirganlarning ham g'alabada xissasi bo'ldi", - deydi Hoshimov.
"Navbahor" matbuot xizmati



