

Ushbu tarkibimiz 4-4-2 ko'rinishida bo'ladi. Yani, 4 nafar himoyachi, 4 nafar yarim himoyachi va 2 nafar hujumchi:
Darvozabon:

Janluiji Buffon. Jahon chempioni, A Seriyada 8 marta g'olib chiqqan. Afsuski, bugungi kungacha YCHL sovrinini boshi uzra baland ko'tarish Buffonga nasib qilmagan
Himoyachilar:

Liliam Tyuram. O'z davrining eng kuchli himoyachilaridan biri. Terma jamoasi bilan JCH-98, Evro-2000 kabi turnirlarda g'olib bo'lgan

Loran Blan. Yana bir fransiyalik futbolchi. "Inter", "Barselona", "Manchester Yunayted" kabi klublar safida o'ynagan bo'lsada YCHLda g'olib chiqa olmagan

Fabio Kanavarro. Yana bir jahon chempioni. Ammo, na "Yuventus", na "Real" safida Yevropaning eng nufuzli turnirida g'olib chiqa olgan...

Janluka Zambrotta. Italiyalik futbolchi himoyaning istalgan nuqtasida o'yin ko'rsata olardi. "Barselona", "Milan" va "Yuventus" jamoalari safida o'ynagan.
Yarim himoyachilar:

Lotar Matteus. Germaniya terma jamoasining almashtirib bo'lmas futbolchilaridan biri bo'lgan. Ushbu surat esa 1999 yilgi "Bavariya" - MYU final o'yinidan olingan...

Mixael Ballak. Ushbu tarkibimizdagi eng omadsiz futbolchilardan biri. 2002 yil "Bayer" bilan, 2008 yili "Chelsi" bilan birgalikda YCHL finaligacha yetib borgan. Kamiga Germaniya terma jamoasi safida JCH-2002 va Evro-2008 kumush medallari...

Patrik Vieyra. Uni "Arsenal"dagi o'yinlari orqali juda yaxshi eslaymiz. Bundan tashqari "Inter", "Yuventus" kabi jamoalar safida ham to'p tepgan. Ammo, lekin, biroq...

Pavel Nedved. Chexiyalik mashhur futbolchi ham 2003 yilgi YCHL g'olibligiga yaqin kelgandi, afsuski...
Hujumchilar:

Ronaldo. Ushbu futbolchiga ortiqcha tarif berib o'tirishimiz shart emas bizningcha...

Zlatan Ibragimovich. Shvetsiyalik futbolchi Yevropaning ko'plab superklublarida o'ynagan. Afsuski, ularning hech qaysisi bilan birgalikda Chempionlar Ligasi g'olibi bo'lish nasib qilmagan...



