"Hayotda shunday narsalar borki, ularni pulga sotib olib bo'lmaydi" - Ramos

Sherzod Nurmatov
5 sen 2023, 16:30
"Sevilya" himoyachisi Serxio Ramos jamoaga qaytishi haqida fikr bildirdi.

"Bu men uchun alohida kun. Hayotimdagi eng ajoyib kunlardan biri, chunki uyga qaytish har doim yoqimli. Eski do'stlar bilan juda ko'p uchrashuvlarda qatnashdim. Bu o'ziga xos voqea va men o'z orzumni amalga oshirib, ketganimdan 18 yil o'tib uyga qaytganimdan xursandman. Muxlislar bilan uchrashishni intiqlik bilan kutaman!

Bu erga qaytishimga imkon yaratgan Prezidentga, vice-prezidentga va barchaga rahmat aytishim kerak. Hayotda shunday narsalar borki, ularni pulga sotib olib bo'lmaydi. Yuragim uyimga, Sevilyaga qaytishimni talab qildi", – dedi futbolchi.

Ramos "Sevilya" tarbiyalanuvchisi. Ispaniyalik futbolchi erkin agent sifatida jonajon klubiga o'tdi.

Avvalroq Ramos bir mavsumda qancha ishlab olishi ma'lum qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: sevillafc.es