Haqiqiy futbol muxlislari Ispaniyadami yoki Angliyada? Eden Azar bu savolga javob berdi

Alisher
21 sen 2019, 14:54
"Real"ning yangi o'yinchisi Ispaniyadagi muxlislarni Angliyadagidan ko'ra faolroq va fidoyiroq deb hisoblaydi.

- Menimcha, Ispaniyadagi muxlislar fidoyiroqdir. Angliyada bunchalik haqiqiy ishqibozlar ko'p emas.

Angliyadagi odamlar futbolni juda yaxshi ko'rishadi, qiziqishadi, ammo o'z klublariga nisbatan unchalik fanatik emaslar.

Men "Chelsi"da o'ynagan paytlarimda yutqazgan paytlarimiz bo'lgan va hamma xafa bo'lgan. Ammo, ular buni falokat sifatida qabul qilishmagan. "Real"dan esa muxlislar har yili Chempionlar Ligasida g'alaba kutishadi, - deydi Azar.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ESPN