"Hamyurtlar xotirasi": Yirik hisoblar xit-paradi

Mirjalol Normatov
19 apr 2018
Xabaringiz bor, shu kunlarda Toshkent viloyati yashil maydonlarida “Paxtakor-79” a'zolari – Mixail An, Vladimir Fyodorov, Olimjon Ashirovlar xotirasiga bag'ishlangan “Hamyurtlar xotirasi” futbol turniri bo'lib o'tmoqda.

Unda 2005 yilda tug'ilgan o'smirlar jamoalari ishtirok etishmoqda. Mazkur musobaqaning bir guruhiga Yuqorichirchiq tumanidagi Ahmad Yassaviy mahallasi mezbonlik qilayotgani bejizga emas. Chunki mahalla (sobiq Sverdlov jamoa xo'jaligi) o'z stadioni bilan dong taratgan. Masalan, “Paxtakor-79” sardori, sobiq Ittifoqning eng kuchli markaziy yarim himoyachilaridan biri, aksariyat muxlislar tili bilan aytganda “futbol professori”  Mixail An shu mahallada tug'ilib voyaga etgan va katta futbolga ilk qadamlarini tashlagan edi. Mashum aviahalokatdan so'ng M.Anning xoki bu erdagi qabristonga dafn etilgan. 

Kuni kecha navbatdagi uchrashuvlar bo'lib o'tdi: 

2-tur 

A.Yassaviy – “Paxtakor” – 0:4
Yangibozor – Qibray – 6:0

3-tur

Qibray – A.Yassaviy – 0:4
Toshkent viloyati IBO'SM jamoasi – Yangibozor – 4:0

Endi musobaqaning pley off uchrashuvlari boshlanadi. Eslatib o'tamiz, yarim final va final bahslari 21 va 22 aprel kunlari "Qibray" stadionida o'tkaziladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia