Hamyurtimiz Maldivda debyutini o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
4 iyul 2018, 09:27
Mavsumning birinchi qismini PRO liga vakili "Nurafshon" klubida o'tkazgan himoyachi Abdurasul Komilov faoliyatini Maldiv orollarida davom ettirmoqda.

"Eagles" klubi bilan olti oylik shartnoma imzolagan futbolchi bugun yangi jamoasida debyut o'yinini o'tkazdi. Mamlakatning birinchi raqamli klubi "Nyu Radiant"ga qarshi safarda kechgan bahs 2:2 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Hamyurtimiz mazkur bellashuvda 90 daqiqa harakat qilib, murabbiylar shtabida iliq taassurot qoldirdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia