Hamidjon Aktamov: “Darvozabon – yarim jamoa” deb bekorga aytilmagan”

Narzulla Saydullayev
1 avg 2018, 23:09
Superliganing 20-turidan o'rin olgan AGMK – “Qizilqum” (3:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Hamidjon Aktamov jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

- Birinchi bo'limning  birinchi yarmida  darvozabonimiz ikkita qo'pol xatoga yo'l qo'ydi va mezbonlar bundan ustalik bilan foydalanishdi. Yirik  mag'lubiyatga loyiq emasdik. Gol urish uchun vaziyatlar yaratdik. Lekin undan foydalan olmadik. Ketma-ket ikkinchi uchrashuvda asosiy darvozabonimiz xizmatlaridan foydalana olmayapmiz. Bu yakunda bizga qimmatga tushayapti. “Darvozabon –yarim jamoa”deb bekorga aytilmagan. Yigitlar harakat qilishdi. Futbolchilarimizga etirozim yo'q. O'yin boshidagi ikkita goldan keyin ruhan qiyin holatga tushib qoldik. Ikkinchi bo'limda tashabbusni o'z qo'limizga olishga urindik, ammo golga kelganda bu ish amalga oshmadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Қизилқум” матбуот хизмати