Hamidjon Aktamov “Bugungi g'alabadan so'ng shogirdlarim o'zlariga kelib olishgan bo'lsa kerak”

Narzulla Saydullayev
19 avg 2018, 07:51
Superliga 22-turi doirasidagi “Qizilqum” – “Navbahor” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyin “Qizilqum” jamoasi bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov uchrashuv haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

Hamid Aktamov (“Qizilqum” bosh murabbiyi): - Avvalambor barchani kirib kelayotgan Qurbon hayiti bilan tabriklayman. O'z maydonimizda anchadan buyon g'alaba qozona olmayotgandik va buni kutayotgandik. Yutqazgan o'yinlarimiz futbolchilarning kayfiyatlariga salbiy ta’sir o'tkazgandi. Endi bugungi yutuqdan so'ng shogirdlarim o'zlariga kelib olishgan bo'lsa kerak. Endi milliy chempionatimizda biroz tanaffus bo'ladi. Shu vaqtda yigitlar o'z o'yinlarini yaxshilashga harakat qilishadi. Bugungi bahsda g'alaba qozonishimiz shart edi va buni uddaladik.

Bugun “Navbahor” ham yaxshi o'yin namoyish etdi. Mehmonlarda ham vaziyat bo'ldi. Lekin men ko'proq o'z jamoamizning o'yinini kuzatdim.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати