Hamann Kloppni ogohlantiradi: u ishdan ketishi mumkin

Sherzod Nurmatov
11 okt 2022, 18:24
Uning fikricha, Jordan Hendersonning so'nggi o'yinlardagi munosabati jiddiy muammolardan darak bermoqda.

"Liverpul" "Arsenal"dan 2:3 hisobida mag'lub bo'lganidan keyin yana bir bor diqqat markaziga tushdi. "Qizillar" bir qancha vaqtdan buyon yaxshi o'yin ko'rsata olmayotgani bois so'roqlarga duchor bo'layotgan edi. Klub atrofidagi tashvishlar ortib bormoqda.

Mersisayd klubi APLning 8 turidan keyin turnir jadvalining 10 pog'onasini egallab turibdi. Jamoa so'nggi uch o'yinda g'alaba qozona olmadi. Angliya chempionatida "Liverpul" hali mehmondagi o'yinlarda uch ochko ola bilmadi.

Jamoa ustozi Yurgen Klopp boshqaruvidagi 7 yilda klub erishishi mumkin bo'lgan barcha sovrinlarni qo'lga kiritdi. Biroq "Liverpul" sobiq o'yinchisi Ditmar Hamann bu ham mutaxassisning iste'fosiga to'siq bo'la olmasligini ma'lum qildi:

"Liverpul"dagi holat boshqa jamoalarnikidan farq qilmaydi. Natija bo'lavermasa, qaysidir bosqichga kelib murabbiy bosim ostida qoladi. Agar ular kelasi hafta mag'lub bo'lsa yoki "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda g'alaba qozona olmasa, to'rtinchi o'rindagi jamoadan sakkiz yoki to'qqiz ochko ortda qolib ketadilar. Klub egalari katta pul sarflashmasa-da, daromad tufayli Chempionlar Ligasida ishtirok etish juda muhim. Qaysidir bosqichda jamoa murabbiyini almashtirish muhokama qilina boshlaydi. Biroq men bundan ancha uzoqdamiz, deb o'ylamayman. Klopp shu hafta ham jamoani boshqarish uchun eng munosib nom uning o'zi ekanini ta'kidladi".

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TalkSport