Hakim Fuzaylov: "Surxon" o'z imkoniyatlaridan unumli foydalanib ketdi"

Administrator
7 avg 2024, 00:13
O'zbekiston kubogi chorak final bosqichidan o'rin olgan "Surxon" - "Xorazm" (3:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- "Surxon" jamoasini yarim finalga chiqqanligi bilan tabriklayman. Natija adolatli bo'ldi. Jamoamiz yomon o'yin ko'rsatmadi. Biroq, yuzaga kelgan vaziyatlarni golga aylantirishda biroz aniqlik yetishmadi. Aksincha, "Surxon" jamoasi o'z imkoniyatlaridan unumli foydalanib ketdi. 

- Chempionatning ortda qolgan qismi haqida nimalarni ayta olasiz?

- Jamoamizda aksariyat futbolchilar yosh. Ular to'liq o'zlarini ko'rsata olishlari uchun vaqt kerak, moslashuv jarayoni bor. Bosqichma-bosqich kuchayib boramiz.

- Klub rahbariyati jamoa oldiga qanday vazifa qo'ygan?

- Rahbariyat bizga yuqori maqsadlar uchun kurashish vazifasini qo'ygan. Harakat qilamiz, barchamiz shuni istaymiz, mavsum yakunida "Xorazm"ni Superliga yo'llanmasiga ega chiqishi uchun kurashamiz. Bizni doimiy qo'llab-quvvatlab kelayotgan muxlislarimiz bor, ular ham har bir o'yinda g'alaba qozonishimizni istashadi.

- Transferlardan qoniqish hosil qildingizmi?

- Transferlar borasida aytsam, yomonmas, faqat belgilangan limitga amal qilish kerak. Transferlarni aynan Reglamentda ko'rsatilgan talablardan chetga chiqmagan holda amalga oshirdik.

- Jamoangiz bugun yomon o'yin ko'rsatmadi. Agar shu kabi o'yinlarini Pro-ligada ham davom ettirsa, Superliga yo'llanmasiga ega chiqadi. Bu borada fikringiz qanday?

- To'g'ri, bugun yomon o'ynaganimiz yo'q. Tarkibimizning aksariyat qismini yosh futbolchilar tashkil etadi. Albatta, biz Pro-ligada ham yaxshi o'yin namoyish etib, Xorazm viloyatiga katta futbolni qaytarmoqchimiz.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia