Hakim Fuzaylov "Neftchi" bilan muzokara o'tkazmoqda

Narzulla Saydullayev
7 may 2014, 12:20
Farg'onaning "Neftchi" klubi "Lokomotiv"ning sobiq bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov bilan muzokara olib bormoqda.
Agar tomonlar kelishuvga erisha olishsa Hakim Fuzaylov "Neftchi"da ish boshlaydi.

Eslatib o'tamiz, kuni kecha Fuzaylovning yordamchisi Vazgen Manasyan murabbiyga oliy liga klublaridan biri taklif bilan chiqqani haqida intervyu bergandi.

Hakim Fuzaylov fevral oyida OCHL pley-offi doirasida "Quvayt SK"ga uchralgan mag'lubiyatdan so'ng "Lokomotiv"dan ketgandi.

"Neftchi" oliy liganing dastlabki 7 turidan so'ng 3 durang va 4 mag'lubiyat bilan musobaqa jadvalining 13-pog'onasida bormoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia