Murabbiy ilk bor hakamlarni tayinlash qo'mitasiga kiritildi

Aslanov Jasurbek
6 avg 2025
Gregorio Mansano La Liga o'yinlariga hakamlar tayinlash qo'mitasida ishlaydi.

Shu tariqa, hakamlarni tanlash uchun mas'ul tashkilotga tarixda birinchi marta murabbiy jalb qilindi.

Mansano "Atletiko", "Sevilya", "Malorka", "Rayo Valekano", "Malaga", "Rasing" va "Valyadolid" klublarini boshqargan.

Bundan tashqari, 69 yoshli ispaniyalik Xitoyda "Shanxay Shenxua" va "Beyczin Goan" klublarida ishlagan. Mansanoning so'ngi ish joyi 2018 yilda tark etgan "Guychjou Chjichen" bo'lgandi.

Shuningdek, hakamlar tayinlash qo'mitasiga Hakamlar texnik qo'mitasi (CTA) rahbari Fransisko Soto va sobiq referi Teysheyra Vitenes ham kiritildi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As