Hakamlar qo'mitasi Pike va Roiga so'zlari bo'yicha RFEFga murojaat qilishdi

Aslanov Jasurbek
28 fev 2017, 15:49
Ispaniya futbol federatsiyasi (RFEF) hakamlar qo'mitasi "Barselona" himoyachisi Xerard Pikening so'zlari bo'yicha RFEFning kerakli bo'limiga murojaat qildi.

Hakamlar Pike "Tvitter"dagi sahifasida yozgan so'zlarini federatsiyaga taqdim etdi. Kataloniyaliklar himoyachisi "Real" hakamlarning xatosi tufayli bir necha ochko to'plaganini yozgan. Uning fikricha, hakamlar ko'proq "Qirollik klubi"ning foydasiga xato qilgan.

Bundan tashqari, hakamlar qo'mitasi "Vilyarreal" prezidenti Fernando Roiga 24-tur uchrashuvidan so'ng aytgan gaplarini ham RFEFga taqdim etgan.

"Vilyareal" prezidentining so'zlari "Real" rahbariyatiga yoqmadi

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Iusport