Gyundogan yaqin orada safga qaytmaydi

Tolibjon Qosimov
30 sen 2013, 17:27
"Borussiya" sport direktori Mixael Cork Ilkay Gyundoganning davolanishi cho'zilayotganini ma'lum qildi.
Yarim himoyachi oktyabr oyi boshida safga qaytishi lozim edi, biroq bu taxminlar o'zini oqlamadi. Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Paragvayga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida (3:3) belidan jarohat olgandi. 

– Tiklanish cho'zilmoqda, – deydi Zork Kicker nashriga. – Ilkay mashg'ulotlardan ancha uzoqda, hatto individual tarzda shug'ullanishiga ham ancha vaqt bor.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru