Gyundogan: "Ronaldu Messi bilan bir darajada emas"

Aslanov Jasurbek
7 may 2019, 17:40
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan "Barselona" hujumchisi Lionel Messi va "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu raqobati haqida fikr bildirdi.

"Men uchun Messi doimo boshqa darajada bo'lgan, u hammadan oldinda. Krishtianu - yuqori saviyali futbolchi, ammo u Leo kabi kosmik darajada emas. Kelajakda yana shunday futbolchi paydo bo'ladi deb o'ylamayman, shu sababli uning o'yinidan rohat olish kerak. Men Messining muxlisiman" - deydi Gyundogan.

Messi joriy mavsum LaLiganing 31ta uchrashuvida maydonga tushib, 34ta gol urdi va 13ta golli pas berdi. Ronaldu esa A Seriyaning 29ta bahsida 21ta gol urishga muvaffaq bo'ldi va 8ta golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: DAZN