

Ilkay 5ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Gyundogan bunday mukofotni ketma-ket 2-bor qo'lga kiritgan klub tarixidagi ilk futbolchiga aylandi. Shuningdek u mukofotni bittadan ko'p yutgan ilk germaniyalik futbolchidir.
Ushbu mukofot uchun shuningdek Fulxem himoyachisi Yoakim Andersen, Lester xavbeki Xarvi Barns, Manchester Siti himoyachisi Joau Kanselu, MYU xavbeki Brunu Fernandesh, Vest Xem xavbeki Jessi Lingard, Vulverxempton yarim himoyachisi Ruben Nevesh va Lids xavbeki Rafinya da'vogarlik qilishgan edi.



