Gyokeresh "Sporting" uchun boshqa o'ynamasligini ma'lum qildi. Klub futbolchiga bergan vadasini bajarmagan

Administrator
12 iyun 2025, 00:15
"Sporting" prezidenti hujumchini 70 million evroga sotishga vada berganini rad etmoqda.

Viktor Gyokeresh o'rtadagi erkakcha kelishuvni buzgani uchun "Sporting"dan g'azablangan. Avvalroq xabar qilinganidek, Shvetsiya terma jamoasi hujumchisi "Sporting" bilan o'z narxini 70 million evroga tushirishga kelishib olgan edi, chunki u 2023 yilda vada qilingan shartni bajardi - chempionatda bir mavsumda kamida 20 ta gol urdi. Viktor 29 va 39 ta gol bilan ikki marta Portugaliya chempionatining eng samarali to'purari bo'ldi.

Record nashri xabar berishicha, Gyokeresh klubdan g'azablangan va ko'ngli qolgan, chunki "Sporting" jentlmencha kelishuvni buzgan. Futbolchi "Sporting" haqidagi ma'lumotlarni ijtimoiy tarmoqlaridan o'chirib tashladi va klubga endi uning safida o'ynamasligini ma'lum qildi.


"Sporting" prezidenti Frederiku Varandash bayonot berib, vaziyatni tushuntirdi:

"Men Gyokereshning 60 million evro va qo'shimcha 10 million evro evaziga ketmasligiga kafolat bera olaman, chunki men hech qachon bunday vada bermaganman. Hozirgacha klubga Viktor bo'yicha hech qanday rasmiy taklif kelmagan.

Uning agentining eng katta xavotirlaridan biri biz shartnomani bekor qilish bandini bajarishni talab qilishimiz edi. U bazi masalalarda kafolatga erishmoqchi bo'ldi.

Xo'sh, nima kelishib olindi? "Sporting" endi tovon puli so'ramaydi. Buning sababi: Gyokeresh yaqinda 27 yoshga to'lishi kerak edi va dunyodagi hech bir o'yinchi Portugaliyani 27 yoshida 100 yoki 90 million evroga tark etmaydi.

O'sha uchrashuvda agent summani kelishib olmoqchi bo'ldi. Men shunday dedim: "Aniq narx belgilashimiz shart emas, chunki bir yildan keyin nima bo'lishini bilmayman. 40, 60 yoki 80 million evro bo'ladimi, aytolmayman. Men kafolat bera oladigan yagona narsa shuki, 100 million evro talab qilmayman," deydi klub prezidenti.

Eslatib o'tamiz, Gyokereshni transfer qilishga nomzod sifatida MYU va "Arsenal" klublari tilga olingan edi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Record