Gvardiola: "Uotford"ga qarshi bahs - biz uchun mavsumning finali bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
19 may 2017, 18:45
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Uotford"ga qarshi bo'lib o'tadigan APLning 38-tur uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

Uchrashuv 21 may kuni bo'lib o'tadi.

"Yakshanba kuni bizni muhim bahs kutib turibdi - mavsum finali. Biz g'alaba qozonishimiz kerak. So'nggi bahslarda yaxshi o'yin ko'rsatdik, ammo so'nggi 95-96 daqiqalarda juda yaxshi o'ynashimiz shart. "Uotford"da mavsum yaxshi o'tdi - ular xavfsiz joyda. Ehtiyot bo'lishimiz kerak.

Uy uchrashuvlarida ko'p ochko yo'qotdik. Kelasi mavsumda yaxshiroq o'ynashimiz kerak. "Vest Bromvich" bilan bahsda ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldik: Shu saviyada o'ynashda davom etishimiz shart. O'zgarishlar bo'ladi, ammo bu haqida mavsum yakunlanganidan so'ng suhbatlashamiz" - deydi Gvardiola.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com