Gvardiola "Siti" o'yinlarini "zerikarli" degan Nevillga javob qaytardi

Aslanov Jasurbek
17 fev 2024, 15:29
Pep Gvardiola "Manchester Siti" haqida gapirgan Gari Nevillga javob berdi.

"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisining takidlashicha, "shaharliklar"ning o'yinini kuzatish zerikarli.

"Sizga bir narsa aytaman - buni unutmang: Hammasi oddiydek ko'rinadi, ammo bunday emas.

Nevillga "maqtov" uchun rahmat. Nima deyishim mumkin? Futbolda hammasi qiyinroq. Uzoq vaqt davomida o'yinlarda g'alaba qozonish uchun ko'p ishlarni qilishingiz lozim. Bu futbolchilar joriy mavsum va uzoq davr mobaynida qilib kelayotgan ishlari hayratlanishga arziydi. Bizni hurmat qilishadi, bunga ishonchim komil. Futbol olamidagilar bu qanchalik qiyin ekanligini yaxshi bilishadi" - deydi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Guardian