

Ispaniyalik murabbiy o'z shartnomasining yana 2 yil amal qilishini va uni uzaytirishi mumkinligini ma'lum qildi.
"Mening shartnomamdagi muddatim yana ikki yil, ehtimol yana ikki yilga uzaytiraman. Savol qachon to'xtashimda: shu yilmi, ikki yildan keyinmi yoki to'rt yildan keyinmi? Tanaffus qilamanmi, yo'qmi, ba ham noma'lum. Ammo hozircha o'zimni yaxshi his qilyapman" - deya ta'kidladi Gvardiola.
Eslatib o'tamiz, Pep Gvardiola "Manchester Siti"da 2016 yildan beri faoliyat yuritmoqda. U klub bilan barcha turnirlar doirasida 534 ta o'yin o'tkazgan.



