

"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Pep Gvardiola YCHL qur'asidan so'ng chorak finaldagi raqibga aylangan "Real Madrid" klubi haqida gapirdi.
"Bizda boshqa tanlov yo'q. Bu allaqachon ananaga aylanib qoldi: ketma-ket uchinchi yil turnir qirollariga to'qnash kelmoqdamiz.
Ishonamanki, bu o'yinlarga yaxshi holatda yetib boramiz.
Qur'a – bu boshqarib bo'lmaydigan narsa. Odamlar qur'ani oson deb baholaydigan bo'lishsa, bu raqib kuchiga etarli baho bermaslik hisoblanadi", -deydi Pep Gvardiola.



