Gvardiola "Real"ga qarshi to'qnashuv haqida: "Ketma-ket uchinchi yil turnir qirollariga to'qnash kelmoqdamiz"

Administrator
15 mar 2024, 23:05
Murabbiy YCHLdagi raqibi haqida gapirdi.

"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Pep Gvardiola YCHL qur'asidan so'ng chorak finaldagi raqibga aylangan "Real Madrid" klubi haqida gapirdi.

"Bizda boshqa tanlov yo'q. Bu allaqachon ananaga aylanib qoldi: ketma-ket uchinchi yil turnir qirollariga to'qnash kelmoqdamiz.

Ishonamanki, bu o'yinlarga yaxshi holatda yetib boramiz.

Qur'a – bu boshqarib bo'lmaydigan narsa. Odamlar qur'ani oson deb baholaydigan bo'lishsa, bu raqib kuchiga etarli baho bermaslik hisoblanadi", -deydi Pep Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Madrid Xtra