Gvardiola: "Manchester Yunayted"ni tabriklayman"

Mirjalol Normatov
4 avg 2019, 22:30
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Garri Maguayr bilan shartnoma imzolayotgan "Manchester Yunayted"ni tabrikladi.

“Garri Maguayr - ajoyib himoyachi. U bilan shartnoma imzolash uchun qattiq harakat qildik. Ammo bu ishni "Manchester Yunayted" epladi. Ajoyib futbolchi bilan shartnoma imzolayotgani uchun ularni tabriklayman", - dedi Gvardiola.

Maguayrning transfer narxi 85 million funtga teng bo'ladi va u dunyoning eng qimmat himoyachisiga aylanadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal