

"The Athletic" xabariga ko'ra, murabbiy va klub yangi shartnoma borasida kelishib olishgan. Shartnoma 2025 yilga qadar amal qiladi va bu 1+1 ko'rinishida imzolanadi. Kelishuvda tomonlardan biri o'zi istagan holda kelishuvni bekor qilishi huquqi beriladi.
Gvardiolaning "Man Siti" bilan shartnomasi yozda yakuniga etadi. Pep 2016 yili "shaharliklar" boshqaruvini qo'liga olgandi. Uning qo'l ostida jamoa ko'plab sovrinlarga ega chiqdi.



