Gvardiola: "Liverpul"ga mag'lub bo'lsak, ularga yetib ololmaymiz"

Mirjalol Normatov
31 dek 2019, 10:14
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Liverpul"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Agarda "Liverpul"ga mag'lub bo'lsak, ularga yetib ololmaymiz. Albatta, ular ochko yo'qotishi mumkin. Biroq bunchalik darajada ko'p bo'lmaydi. O'yindan oldin ikki jamoada ham imkoniyat teng. Shu boisdan g'alaba qozonishga harakat qilamiz", - dedi "shaharliklar" ustozi.

20 turdan keyin mersisaydliklar APL turnir jadvalini boshqarib bormoqda. Uni taqib qilib borayotgan "Siti" esa 7 ochko ortda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal