Gvardiola: "Liverpul" – asosiy favorit"

6 noya 2020, 20:03
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola APL 8-turi doirasidagi "Liverpul"ga qarshi o'yin oldidan Mersisayd klubining chempionlik uchun imkoniyatlariga yuqori baho berdi.

"Liverpul" – asosiy favorit. Pandemiya ta’sirini hisobga olsak, bu mavsum oldingisidan farq qiladi. Chempionatimizda yuqori saviyadagi jamoalar ko'p.

Mavsumning so'ngi 5 yoki 10 o'yiniga qadar chempionlik kurashida qolish muhimdir. Umid qilamanki, biz poygada qatnashamiz", – dedi ispaniyalik mutaxassis.

"Manchester Siti" va "Liverpul" jamoalari o'rtasidagi o'yin 8 noyabr kuni o'tkaziladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:30 da start olishi rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: bbc