Gvardiola klublar o'rtasidagi JCHda to'rtinchi marotaba g'olib bo'ldi va rekordchiga aylanib oldi

Aziz Tukhtamuradov
23 dek 2023, 08:30
Pep Gvardiola klublar o'rtasidagi JCHda murabbiy sifatida g'olib bo'lish bo'yicha rekord o'rnatdi.

"Manchester Siti"ning "Fluminense" ustidan qozongan g'alabasidan so'ng ispaniyalik murabbiy hisobida bunday sovrinlar soni 4 taga etdi. U bu borada Karlo Anchelottini ortda qoldirdi (3 ta).

Yana bir qiziq ma'lumot: Gvardiola jamoasi klublar o'rtasidagi JCHda umuman yutqazmagan. Bungacha u "Barselona" (2009, 2011) va "Bavariya" (2013) bilan ushbu musobaqada g'olib chiqqan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta