Gvardiola JCHdan 2 kun o'tib o'yin bo'lishi haqida: "Klopp himoyachi, men esa tayanch zonasida o'ynayman"

Aziz Tukhtamuradov
12 noya 2022, 08:49
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Liga kubogi doirasida "Liverpul"ga qarshi bo'ladigan o'yin haqida gapirdi.

1/8 final doirasida o'tkaziladigan ushbu bahs Qatardagi JCH tugaganidan ikki kun o'tib, 20 dekabr kuni o'tkaziladi. 

"Klopp chap qanot himoyasida, men esa tayanch yarim himoyachisi sifatida o'ynayman. Nechta futbolchimiz bo'lishini bilmayman. Riyad Maxrez afsuski JCHga bormaydi, Erling Xoland, Serxio Gomes, Riko Lyuis ham.

Qolganlar borishadi. Agar ular guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o'tishsa, 1/8 final, chorak finallar bo'ladi. Keyin dam olish. Agar futbolchilar guruhdan chiqa olishmasa "Liverpul"ga qarshi o'ynashlari mumkin bo'ladi. Agar chiqa olishmasa - ko'ramiz. 

Jahon chempionatidan so'ng mashg'ulot qilamiz. "Liverpul"ga qarshi o'yindan oldin futbolchilar sonini ko'rib chiqamiz. Birga nonushta qilamiz. Ikkinchi jamoa bilan qolib, mashg'ulotlar o'tkazamiz.

Futbolchilar qaytishadi, "Liverpul", "Lids" bilan o'yinlar bor. Qanday holatda, necha nafar futbolchimiz bo'lishini bilmayman. Ko'p jamoalar futbolchilari terma jamoalarda bo'ladi", - dedi Gvardiola. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Sports Mole