Gvardiola Husanov haqida: "U hali juda yosh, hali o'rganib oladi. Har qanday futbolchi xato qilishi mumkin"

Alisher
26 yanv 2025, 01:30
Pep Gvardiola "Chelsi" (3:1)ga qarshi o'yindan so'ng Abduqodir Husanovni qo'llab-quvvatladi.

"U ingliz tilida gapirmaydi, shunday ekan u bilan kam gaplashdik. Barchasi joyida bo'ladi. U bilan atigi bitta yoki ikkita mashg'ulot o'tkazdik. Bo'lajak Chempionlar ligasi o'yinini hisobga olgan holda jarohatdan so'ng Stounzning qaytishini tezlashtirmoqchi emasdim.

Futbolchilar birlikda va bu juda muhim. Har qaysisi xatoga yo'l qo'yishi mumkin. Muxlislar doim yangilarni qo'llab-quvvatlashadi. U hali juda yosh. Hali o'rganib oladi", – dedi "Manchester Siti" bosh murabbiyi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports