Gvardiola Holandning sport formasidan qoniqmayapti

Sherzod Nurmatov
2 avg 2024, 17:59
Norvegiyalik futbolchi hali mukammal holatda emas.

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola hujumchi Erling Holandning formasidan noroziligini bildirdi.

"Erling o'zini noqulay his qilmoqda. Biz uni xavf ostiga qo'ymoqchi emasmiz. Ammo ertami-kechmi u mashg'ulotlar orqali muvaffaqiyatga erishishi kerak. Mavsum yaqinlashib qoldi. Holandning kamchiliklari bor, lekin biz uni 3 hafta yoki bir oyga yo'qotmoqchi emasmiz. Bu biz uchun muammoga aylanadi", – dedi mutaxassis.

"Manchester Siti" ayni paytda mavsumoldi tayyorgarlikni yakunlamoqda. "Shaharliklar" 10 avgust kuni Angliya Superkubogi uchun "Manchester Yunayted"ga qarshi maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: 90 min