Gvardiola: "Futbolchilarni termaga qo'yib yuborib, "Ey, Hudo, ular sog'-omon qaytishsin" deb duoda bo'lamiz"

Mirjalol Normatov
8 noya 2020, 14:51
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola futbolchilarning termaga qo'yib yuborilishidan biroz xavfsirashini aytdi.

"To'g'risini aytsam, bu borada o'ylashni istamayman. "Liverpul" bilan o'yindan keyin futbolchilarga ham o'zimga ham dam bermoqchiman. Biroq...

Biroq 13-14 futbolchi termalarga qo'yib yuborilganidan keyin biz, "Ey, Hudo, ular sog'-omon qaytishsin", deb duo qilib turamiz.

Lekin hozir buni o'ylaydigan vaqt emas. Bugun o'yinni o'tkazib olaylik, qolgani bir gap bo'lar", - dedi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal