Gvardiola dunyoning eng yaxshi yarim himoyachisi kim ekanligini aytdi. U Kevin emas

Aslanov Jasurbek
19 fev 2024, 23:51
"Manchester Siti" ustozi Pep Gvardiola kimni dunyoning eng yaxshi yarim himoyachisi deb o'ylashini ma'lum qildi.
Shanba kuni ispaniyalik xavbek "Chelsi"ga qarshi bahsda jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi (1:1).

"Tayanch yarim himoyachisini hujumchi yoki 10-raqamli futbolchidek maqtashmagani normal holat. Tayanch futbolchisini ko'p maqtash yaxshi emas.

Ushbu poziciyadagi futbolchi jamoani kuchliroq qilishi kerak. Uning roli shunday. Barcha e'tibor gol uradigan, pas beradigan oldindagi yigitlarga qaratilishi lozim.

Ammo Rodri doimo muhim pallada gol urishga qodir, shu sababli u hayratlanarli futbolchi. Ayni damda u dunyodagi eng yaxshi yarim himoyachi, qolganlardan bir necha qadam oldinda, u hamma narsani uddalay oladi.

Zo'r transfer bo'lgan. U bo'lmasa ushbu natijalarga qanday erishishimizni tasavvur qila olmayman" - deydi "Siti" ustozi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: beIN Sports