G'ulom Haydar Gulyamov: "Mashal"ga qarshi o'yin og'ir kechdi"

Narzulla Saydullayev
20 fev 2015, 19:01
PFL kubogi finalida "Sho'rtan" klubi penaltilar seriyasida "Mashal"ni mag'lub etdi.
O'yindan so'ng g'uzorliklar yarim himoyachisi G'ulom Haydar Gulyamov o'z fikrlarini bildirdi.

"Final uchrashuvi og'ir kechdi. "Mashal" bizga etarlicha qarshilik ko'rsatdi. Bahs davomida to'pni biz nazorat qildik, raqib esa jismonan biroz kuchliroq edi. O'yin davomida hisobda ortda qolayotgandik, 2:1 hisobida oldinga chiqib oldik. Deyarli g'olib bo'lgandik, ammo ko'rgan bo'lsangiz yigitlar biroz bo'shashishdi va gol o'tkazib yubordik. Penaltilar seriyasi esa lotoreya, unda omadimiz keldi", - deydi G'ulom Haydar Gulyamov.

"PFL kubogida munosib ishtirok etish vazifa qilib qo'yilgandi. Sovrin yutib yangi mavsumga yaxshi kayfiyatda yetib boramiz. Qisqa muddatli tanaffusdan so'ng 24 fevralda G'uzorda yig'in boshlaymiz", - deydi futbolchi.

Narzulla Saydullaev

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia