Gruziyada sakkizta hakam bir umrlik diskvalifikaciya bilan jazolandi

Aslanov Jasurbek
25 sen 2014, 18:15
O'yinlarda noholis hakamlik qilib qo'lga olingan sakkiz referi bir umrlik diskvalifikaciya bilan jazolandi.
Bunday qarorni Gruziya futbol federatsiyasi Hakamlik qo'mitasi qabul qildi. Federatsiya huquqni himoya qiluvchi organlardan bunga bog'liq bo'lgan barcha ishtirokchilarni qo'lga olib, ishni davom ettirishni so'ramoqda.
Qo'lga olingan hakamlarning biri FIFA hakami, to'rttasi milliy chempionat va uchtasi birinchi darajali referi bo'lgan. Ma'lumotlarga ko'ra, bu hakamlar Gruziya chempionatidagi o'yinlarda qancha sariq va qizil kartochka ko'rsatishni kelishib, bu kelishuv uchun 2500 dan 5000 AQSH dollarigacha pora olishgan.
Ular bo' yo'l bilan oddiy fuqarolarga bukmekerlik kompaniyalaridan pul yutib olishga yordam bergan. Barcha hakamlar Korrupsiyaga qarshi agentlik tomonidan qo'lga olingan. Bu ish bo'yicha yana bir nechta hakamlar qo'lga olinishi mumkin.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: football.kulichki.net