Grizmanning transferi amalga oshmaydigan bo'ldi

Mirjalol Normatov
27 avg 2023, 13:53
Bir necha haftalar oldin Antuan Grizmanning "Atletiko"dan ketishi borasida ma'lumotlar tarqagandi.

Biroq fransiyalik futbolchi Madrid klubida qoladigan bo'ldi. Fabricio Romanoning ma'lumotiga ko'ra, futbolchining "Al Hilol" klubiga o'tishi imkoniyatlari pasayib ketgan.

"Barselona"dagi omadsiz faoliyatidan keyin "Atletiko"ga qaytgan francuzning klubi bilan yana 3 mavsumlik shartnomasi bor. Tomonlar ancha vaqtdan buyon muzokaralar o'tkazmay qo'yishgan. Shu sababli bu mavzu ham yopilib ketgan. Grizmanning ushbu mavsumda "Atletiko"da qolishi oydinlashgan.

Antuan "Atletiko" tarkibida 343 o'yinda qatnashib, 157 gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano