Grizmanning agentlari "Manchester Siti" bilan aloqaga chiqishgan

Alisher
16 sen 2020, 14:13
"Barselona" hujumchisi Antuan Grizmann ushbu transferlar oynasida klubdan ketishi mumkin edi.

Fransiyalik futbolchining agentlari yozda "Manchester Siti" bilan Antuan klubni qiziqtirishi borasida ma'lumot olish uchun aloqaga chiqishgan.

"Shaharliklar" bu variantni ko'rib chiqishmagan.

Qayd etish kerakki, ikki tomonning aloqalari "Barselona" forvardi Lionel Messining klub bilan bo'lgan kelishmovchiligidan oldin bo'lib o'tgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: RAC1