Grizmann: "Menga bir qancha vaqt kerak"

Mirjalol Normatov
18 sen 2019, 23:23
Antuan Grizmann "Barselona"ga yanada yaxshiroq moslashib ketishi uchun bir qancha vaqt kerakligini aytdi.

"Jamoada endigina ikkinchi oyimni o'tkazyapman. Messi va Suares bilan chiqishib ketishim uchun yana bir qancha vaqt kerak.

Hozircha ular bilan bir safda ko'p ham o'ynamadim. Shu boisdan bu borada ishlash kerak. Bugun biz ter Shtegenning seyvlari bilan 1 ochkoni qo'lga kiritdik. U ajoyib o'yinni o'tkazdi", - dedi Grizmann.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Espana