Grizmann ketma-ket ikkinchi o'yinda muvaffaqiyatsizlikka uchradi

Eldor Akmurzayev
11 sen 2019, 00:40
Ayni daqiqalarda Evro-2020 saralashidan o'rin olgan Fransiya – Andorra uchrashuvi bo'lib o'tmoqda.

Bahsning 28 daqiqasida mezbonlar hujumchisi Antuan Grizmann raqib darvozasiga belgilangan penaltini aniq amalga oshira olmadi. Bu vaziyatda uning zarbasini darvozabon qaytargan. 

Aytish joizki, 7 sentyabr kuni saralash doirasidagi Albaniyaga qarshi (4:1) o'yinda ham Grizmann 11 metrlik nuqtadan samarali foydalana olmagandi. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia