

Oldinroq, "Barselona" va Grizmann kelishib olishgani hamda ushbu transfer joriy yilning yozida amalga oshishi mumkinligi e'lon qilingan edi. "Mundo Deportivo" nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, fransiyalik forvard Kataloniya klubi joylashgan Barselona shahridan uy qidirishni boshlagan.
Joriy mavsum Grizmann LaLiganing 25ta uchrashuvida maydonga tushib, 16ta gol urdi va 8ta golli pas berdi.



