Grizmann: "Barselona" taklifini rad etganimdan faxrlanaman"

Mirjalol Normatov
17 iyul 2018, 15:48
"Atletiko" forvardi Antuan Grizmann "Barselona" taklifiga rad javobini bergani borasida gapirdi.

"Barselona" taklifiga rad javob - mening qarorim, bundan faxrlanaman. "Atletiko" bilan o'tkazadigan yangi mavsumimni intiqlik bilan kutyapman", - dedi futbolchi "Diario AS" nashriga.

O'tgan oyning o'rtalarida Grizmann "matraschilar" bilan shartnomasini 2023 yilga qadar uzaytirgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Diario AS