Grizmann "Atletiko"ga qarshi o'yindagi xatosi haqida gapirdi

Alisher
10 yanv 2020, 10:44
"Barselona" hujumchisi Antuan Grizmann Ispaniya Superkubogi yarim finali doirasidagi "Atletiko"ga qarshi bahs haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Eslatib o'tamiz, "ko'k-anorranglilar" "Atletiko"ga 2:3 hisobida mag'lub bo'lishdi.

"O'yin so'ngida raqibda kuch ko'proq edi va buning barchasi bizga qimmatga tushdi. Xatolarni tahlil qilish kerak. Men Umtitiga pas berilgan vaziyatda xatoga yo'l qo'ydim. Aynan shunday kichik xatolar chempionat va YCHLdagi muvaffaqiyatsizlikka olib kelishi mumkin", - deydi Grizmann.

Ta'kidlab o'tish kerak, Grizmann kecha o'zining sobiq jamoasiga gol urdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca